Korzinkadan yangi “Doktor Chixaxl va uning mudhish siri” kitobi bolajonlarga onasi sayyorasi, o‘z uyida haqida qayg‘urish hissini singdirishni nazarda tutadi. Tabiatimizni asrash va go‘zal hayot aynan bizga, bolalarimizda shakllantirib kelayotgan tarbiya, qadriyatlarimizga bog‘liq.
Kitob muallifi Madina Mo‘minova jajji va umidli avlod uchun bag‘ishlangan bir necha shou-loyihalar, bolalar spektakllari va kinossenariylar muallifi sanaladi. Kichik qahramonlar to‘g‘risidagi hikoyani yozish g‘oyasi muallifda bolajonlar bilan ishlash jarayonida paydo bo‘lgan.
"Yangi avlod nisbatan ancha mustaqil, jasur va samimiyroq. Bugun ular olamda yuz berayotgan muammolarga befarq qarab tura olmaydi. Aynan shuning uchun ham bolajonlarga sayyoramizni qiynayotgan masalalar to‘g‘risida hikoya qilib berish zarur. Ishonamanki, ular barchamizning umumiy uyimizni faolkatdan himoya qilish uchun shijoatga to‘ladirlar", - deya Madina Boburovna o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.
Ertak qahramonlarini bir maqsad — umumiy uyni buzilishdan himoya qilish istagi birlashtiradi. Robik, Saya, Strelka va Zuba boshqalardan o‘zining asl qiyofasini yashiruvchi maxluq Zahramahr Yovuzning buzg‘unchilar qo‘shiniga qarshi shiddat ila olishadilar. Do‘stlik va yordamga oshiqish shijoati bilan ular janjallashib qolgan Quyosh va Yerni yarashtirib qo‘yadilar, shuningdek, Doktor Chixaxl nomli alkimyogarning sirini ochadilar.
Ushbu ezgu va tarbiyaviy hikoya yosh kitobxonlarda tabiatga mehrni shakllantiradi, sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishi sabablarini tushuntiradi va ona zaminni asrash masalalari haqida fikrlashga chorlaydi. Qiziqarli hikoya yordamida bolajonlarda sayyoraga nisbatan ongli munosabat tarbiyalanadi.